Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH ayrim davlatlar uchun 15 000 dollargacha viza to‘lovi joriy etdi
13:27 / 2026-01-10

Amerika Qo‘shma Shtatlari, jumladan, Markaziy Osiyoning uch mamlakati fuqarolarini sayyohlik va biznes uchun viza depoziti dasturiga kiritdi, deb xabar bergan "Kazinform" agentligi.

Davlat departamenti tomonidan tasdiqlangan, 38 davlat ro‘yxatida Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston ham bor. Endi muayyan yurt fuqarolari B1/B2 vizasi uchun 5000, 10 000 yoki 15 000 dollar garov talab qilinishi mumkin. Depozit miqdori suhbat davomida belgilanadi.
Qarorga ko‘ra, badal AQSH G‘aznachiligi rasmiy platformasi (Pay.gov) orqali faqat konsullik xodimi viza olish huquqini tasdiqlagandan keyingina to‘lanadi. Bunday to‘lov viza berilishini kafolatlamaydi.

Mazkur viza egalari Qo‘shma Shtatlarga faqat quyidagi manzillar orqali kirishi va chiqishi mumkin: Boston Logan, Vashington yoki Jon F.Kennedi xalqaro aeroportlari.

Agar tashrif buyuruvchi mamlakatdan vaqtida chiqib ketsa, vizadan foydalanmasa yoki kirishga ruxsat ololmasa, qo‘yilgan pul to‘liq qaytariladi.
Shart buzilgan taqdirda, masalan muddatidan ortiq qolish, noqonuniy yashash yoki boshpana olish kabi immigratsion bo‘lmagan maqomni o‘zgartirish uchun ariza topshirish holatlari kuzatilganda garov mablag‘i ushlab qolinadi.

Ma’lumki, avvalroq AQSH Tramp “Oltin karta” bo‘yicha N-1V noimmigratsion ish vizasini olish uchun 100 000 dollar, doimiy yashash uchun 1 million dollar to‘lov joriy etgani haqida xabar berilgan.

G.Sattorova, O‘zA