AQSH ayollar huquqlarini poymol qiluvchi siyosatchilariga nisbatan viza cheklovi joriy qilmoqda
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Afg‘onistondagi ayollarni kamsitish siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan “Tolibon” vakillariga nisbatan viza cheklaovlari joriy qilmoqda. Bu bayonotini TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Bugun men Afg‘onistondagi ayollar, qizlarni repressiya va cheklovchi siyosat hamda zo‘rovonlik qilishga bevosita aloqador mas’ul shaxslar yoki uni amalga oshirishda ishtirok etgan “Tolibon”ning amaldagi yoki sobiq a’zolari, nodavlat xavfsizlik guruhlari a’zolari va boshqalarga nisbatan qo‘shimcha viza cheklovlari joriy etish choralarini ko‘ryapman”, deyiladi Blinken bayonotida.
Amerika hukumati “Tolibon” harakatini keskin qoralaydi.
“Qo‘shma Shtatlar afg‘on xalqi bilan birga bo‘lib, barcha afg‘on fuqarolari, jumladan, ayol va qizlarning inson huquqlari hamda asosiy erkinliklariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga sodiq qoladi”, qayd etiladi hujjatda.
O‘zA