Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Armanistonga 13 milliard dollar sarmoya kiritadi
12:09 / 2026-02-13

AQSH Armaniston iqtisodiyotiga yirik investitsiya yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. "Bloomberg" nashri xabariga ko‘ra, sarmoyaning umumiy miqdori 13 milliard dollardan oshishi kutilyapti. Bu ko‘rsatkich 27 milliard dollarlik Armaniston yillik yalpi ichki mahsulotining qariyb yarmiga teng.

Rasmiy Vashington mazkur mablag‘ Armanistonning Rossiyaga ko‘p yillik iqtisodiy va energetik qaramligini kamaytirishga xizmat qilishini ta’kidlamoqda. Tashabbus mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va yangi texnologik yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratilgan.

AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning Armanistonga tashrifi doirasida, jumladan, fuqarolik atom energetikasi sohasida ham muhim kelishuv imzolandi. Ushbu hujjatga ko‘ra, 9 milliard dollargacha mablag‘ yangi atom elektr stansiyasini qurish hamda zamonaviy texnologiya yetkazib berishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, qariyb 4 milliard dollarlik sun’iy intellekt loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.

Umuman, bu tashabbus Armanistonni energetika va yuqori texnologiyalar sohasida yangi bosqichga ko‘tarishi mumkin.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA