Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini vaqtinchalik ko‘paytirishi mumkin
13:21 / 2021-04-17

AQSH bu ishni Afg‘onistondagi qo‘shinlarini eson-omon olib chiqib ketish uchun amalga oshiradi, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar bilan uchrashuvda.

"Qo‘shinlarni xavfsiz olib chiqish uchun qo‘shimcha kuch jalb qilinishi ehtimoldan holi emas. Qachon va qancha harbiy xizmatchi Afg‘onistonga jo‘natilishini esa aytolmayman", – dedi Kirbi.

"Bizga qo‘shimcha himoya kuchlari zarur bo‘lishi mumkin", – dedi u.

Bundan avvalroq AQSH Afg‘onistondagi cheklangan qo‘shinlarini 1 maydan to 11 sentyabrgacha to‘liq olib chiqib ketishini ma’lum qilgan edi.