Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati” uchrashuvida ishtirok etmaydi
12:22 / 2021-10-19

AQSH logistika masalasi murakkabligi bois Afg‘oniston bo‘yicha “Moskva formati” uchrashuvida ishtirok eta olmaydi, lekin ushbu muzokaralarning konstruktivligini tan oladi va o‘zining ishtirok etish imkoniyatlarini e’tiborda tutadi, deb bayonot berdi davlat departamenti vakili Ned Prays.

"Biz “Moskva formatida” ishtirok etmaymiz". "Uchlik plyus" – konstruktiv uchrashuv, samarali forum. Biz ushbu forum doirasida ishlarni kutib qolamiz, lekin mazkur haftada ishtirok eta oladigan pozitsiyada emasmiz", - dedi Prays brifingda.

Uning aniqlik kiritishicha, AQSH uchun “bu hafta ushbu formatda ishtirok etish logistik nuqtai-nazardan juda qiyin", lekin Vashington mazkur jarayonni qo‘llab-quvvatlaydi va kelgusida albatta ishtirok etishi mumkin.