Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti o‘lkaning 29 mamlakatdagi elchilariga ularning vakolat muddati tugagani haqida xat yubordi. Ushbu diplomatlarning aksariyati Jo Bayden prezidentligi davrida tayinlangan. Endi ularning o‘rnini Trampga sodiqroq amaldorlar egallaydi, deb yozdi “DW” nashri.
Ta’kidlanishicha, Tramp ma’muriyati Afrika mamlakatlaridan eng ko‘p diplomatlarni chaqirib olmoqda: Burundi, Kamerun, Kabo-Verde, Gabon, Kot-d’Ivuar, Madagaskar, Mavrikiy, Niger, Nigeriya, Ruanda, Senegal, Somali va Uganda. AQSH diplomatik korpusidagi o‘zgarishlar Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga (Fiji, Laos, Marshall orollari, Papua-Yangi Gvineya, Filippin va Vetnam) va Yevropaga (Armaniston, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya va Slovakiya) ta’sir qiladi. Shuningdek, Jazoir, Misr, Nepal, Shri-Lanka, Gvatemala va Surinamdagi elchilar ham yangisiga almashtiriladi.
AQSH Davlat departamenti holat bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi va bu har qanday prezident ma’muriyati uchun standart protsedura ekanligini ma’lum qildi. Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlar elchilarining xizmat muddati prezident tomonidan belgilanadi va ularning xorijdagi faoliyati uch yildan to‘rt yilgacha davom etadi. Davlat departamenti shuningdek, chaqirib olinayotgan diplomatlarga Vashingtonda boshqa lavozimlarga tayinlanishlar taklif qilinishini bildirgan.
G.Sattorova, O‘zA