AQSH 2050 yilga qadar yetarli darajada boyitilgan uran zaxiralariga ega
– Amerika Qo‘shma Shtatlarida boyitilgan uran zaxiralari 2050 yillargacha yetadi, -dedi chorshanba kuni mamlakat dengiz flotining yadroviy reaktor dasturiga rahbarlik qilgan admiral Uilyam Xyuston. – Biz 1992 yildan beri asosiy foydalanuvchi bo‘lgan dastur uchun yuqori darajada boyitilgan uran ishlab chiqarmadik, chunki biz 2050 yillargacha ta’minlanganmiz.
O‘tgan yili Rossiya hukumati texnik va eksport nazorati federal xizmatining bir martalik litsenziyalari bo‘yicha yetkazib berishlar bundan mustasno, boyitilgan uranni Qo‘shma Shtatlarga eksport qilishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi.
Qayd etilishicha, bu qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga ko‘ra AQSH tomonidan kiritilgan cheklovlarga javoban qabul qilingan.
AQSHning sobiq rahbari Jo Bayden Rossiyadan uran importini taqiqlovchi qonunni 2024 yilning may oyida imzolagan edi. Hujjat 2040 yilgacha amal qiladi. Biroq istisno holatlarda AQSH energetika vazirligi ruxsati bilan 2028 yilgacha xarid qilishga ruxsat berilgan.
S.Rahimov, O‘zA