Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH 2025 yil oxirigacha birinchi giper tovushli raketaga ega bo‘ladi
14:10 / 2025-02-28

AQSH armiyasi ilk giper tovushli raketasini 2025 moliya yili oxirigacha qabul qilib oladi, deb yozdi “Defense News” portali mudofaa tizimi rasmiysiga tayanib.

AQSH armiyasi snaryadlarni 2023 yildayoq amaliyotga joriy etishni rejalashtirgan, biroq dala maydonidagi uchirish jarayoni bilan bog‘liq muammolar tufayli sinov bir necha bor muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shu bois yakuniy muddat orqaga surilgan.

Pentagon dekabr oyida Florida shtati hududidagi Kanaveral burnidan uchirilgan oddiy giper tovushli raketa sinovdan o‘tkazilgani va bu bir yil ichidagi ikkinchi shunday muvaffaqiyatli tadbir ekanini ma’lum qilgan edi.