AQSH 2022 yilda gipertovushli qurol sinovini 12 marotaba amalga oshirgan
AQSH 2022 yilda gipertovushli raketani 12 marotaba muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi va ushbu yo‘nalishda ishlarni davom ettiradi. Chorshanba kuni mamlakat mudofaa vaziri Lloyd Ostin Kongress vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasida so‘zga chiqib shu haqda ma’lum qildi.
“O‘tgan yil mobaynida gipertovushli qurol sinovini 12 marotaba muvaffaqiyatli amalga oshirdik, bu ishni kelgusida ham davom ettiramiz”, degan u.