Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AQSH 19 davlat fuqarolari "Grin-karta"sini tekshiradi
22:41 / 2025-11-29

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) 19 "tashvishli davlat", jumladan Afg‘onistondan kelganlarning "Grin-karta"larini qayta ko‘rib chiqadi.

Bu haqda muassasa direktori Jozef Edlou ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Donald Tramp ko‘rsatmasi bilan xavotirli mamlakatlar fuqarolarining yashil kartalari to‘liq va har tomonlama qayta ko‘rib chiqiladi.

Mazkur qaror Milliy gvardiyaning ikki askari Oq uy yaqinida otib o‘ldirilgandan bir kun o‘tib e’lon qilindi. Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan gumonlanuvchi AQSHga 2021 yil kirgan.

G.Sattorova, O‘zA