Buxoro viloyati Olot tumanining "Burjoq" hamda "Balandmachit" mahallalari hududida mobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
–“Aqlvoy” avtobuslari – chekka hududlarning bolalari uchun maktabgacha ta’limga qisqa muddatda kirishish imkoniyatidir, — deydi tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbari Hasan Karimov. – Ushbu mobil guruhlarda haftaning 6 kuni davomida 3-7 yoshli bolalar faoliyat boshlagan zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan mobil maydonchalarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishadi. Mashg‘ulotlar 3 ta guruhda 2 smenada olib boriladi. Har bir mashg‘ulot 2 soatdan bo‘lib har guruhda 16 nafar tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Har ikkala hududdan 48 nafardan jami 96 nafar 3-7 yoshli bolalar mobil guruhlarga qamrab olindi.

Maqsad maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini oshirish, ularni maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich qamrab olishdan iborat.
Zarif Komilov, O‘zA