English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aqlvoy” loyihasining uchinchi bosqichi doirasida janub viloyatlariga 7 ta avtobus yuborildi
13:23 / 2023-05-07

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan yurtimizning janubiy hududlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga “Aqlvoy” mobil guruhlarini tashkil etish maqsadida qayta jihozlangan ISUZU NC-40 avtobuslari yuborildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda ushbu loyiha olis va borish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlar va qishloqlardagi bolalarga sifatli maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini beruvchi innovatsion yechim ekani ta’kidlandi.

bugungi kunga qadar loyihaning birinchi va ikkinchi bosqichi davomida 65 ta ISUZU HC-40 avtobus bazasida 7 mingga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola qamrab olinib, 387 ta mobil guruhlar tashkil etilgan. 

Loyihaning navbatdagi, uchinchi bosqichida janub viloyatlariga yuborilgan jami 7 ta avtobus yana 672 nafar bolani qamrab olib, 42 ta mobil guruh tashkil etish imkonini beradi.

Mohigul Qosimova, O‘zA