“Aqlvoy” bolajonlar huzurida
Surxondaryo viloyatidagi 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga yanada kengroq qamrab olish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan zamonaviy 11 ta “Aqlvoy” mobil avtobusi tashkil etilgan bo‘lib, mavjud mobil guruhlarga 1 ming 104 nafar bola qamrab olingan.
Mobil bog‘chalar har kuni 3 navbatda faoliyat olib boradi. Bandixon, Denov, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on va Uzun tumanlarining olis hududlarida istiqomat qiluvchi bolajonlar ushbu bog‘chalar xizmatidan foydalanmoqda.
[gallery-24611]
Ta’kidlash kerak, “Aqlvoy” avtobuslari quyosh energiyasidan quvvatlanadi, shuningdek, sovutish tizimi (konditsioner) va barcha zarur shart-sharoitlarga ega.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zRJX1QIqfMg?si=FEtqyVmyORa6Q4ag" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat,video),O‘zA