Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aqlli suv” qurilmasi: amaliyot va samara
15:09 / 2023-07-31

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Shofirkon tumanida olib borgan o‘rganishlari davomida “aqlli suv” qurilmasining ishlash funksiyalari va imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tanishuv asnosida mutaxassislarga viloyatning boshqa hududlarida ham shu kabi raqamli texnologiyalarni ko‘paytirish hamda suv sarfini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.  

“Aqlli suv” qurilmasi – ushbu raqamli texnologiya irrigatsiya tarmoqlarida suv resurslarining hisobini yuritish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish tizimini takomillashtirish hamda shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi. Kanallar va ariqlar suvini boshqarishda muhim vosita hisoblangan mazkur qurilma viloyat bo‘yicha keng miqyosida o‘rnatilmoqda. Xususan, birgina, Shofirkon tumanining o‘zida eng muhim irrigatsiya nuqtalariga shu kungacha 75 dona xuddi shunday “aqlli suv” qurilmasi o‘rnatilgan. Uning ma’lumotlarini soxtalashtirib bo‘lmaydi. O‘z nomi o‘zi bilan “aqlli” ish qiladi. U quyosh batareyasida ishlaydi. Telefon chipini har bitta “aqlli suv” qurilmasiga o‘rnatib, antenani moslab qo‘yish natijasida qaysi ob’ektda qancha suv mavjud va gektariga qancha suv sarfi zarurligini uzoq masofada turib bo‘lsa ham aniqlash imkonini beradi.  

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtgacha viloyat bo‘yicha jami 627 qurilma o‘rnatilgan. Joriy yilning o‘zida 752 o‘rnatish rejalashtirilgan. Buning uchun 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan.  

Zarif Komilov, O‘zA