Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Aqlli” chorrahalar
07:58 / 2025-05-22

Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hududlarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimligida aynan shu masala yuzasidan bo‘lib o‘tgan taqdimotda viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsiziligi boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarda intellektual boshqaruv tizimini joriy etish, bunda mavjud svetoforlarni zamonaviy boshqaruvi tizimiga ulangan yangilariga bosqichma-bosqich almashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

Qayd etilganidek, yangi taklif qilinayotgan loyihaning bir qator afzalliklari mavjud. Xususan, aqlli chorrahalarni tatbiq etish orqali chorrahalarda kutish vaqtlarini minimallashtirish, havoning ifloslanishi va tirbandlikdan kelib chiqadigan shovqinni kamaytirish, transport oqimini rejalashtirish, yo‘l-transport hodisalari va tirbandlikni kamaytirish, jamoat transportining xavfsiz va tartibli harakatini ta’minlash kabi masalalarga samarali yechim beradi. 

Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov takliflar bilan atroflicha tanishib, ularni yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hamda piyodalar harakatini tartibga solish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA