Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aql gimnastikasi va ijod uyg‘unligi! (+video)
18:14 / 2025-02-19

Xalqaro shaxmat akademiyasida O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, zamonaviy o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidov ijodiy faoliyatida shaxmat o‘yini ham alohida o‘rin tutgan. Ustoz hamisha aql gimnastikasiga vaqt ajratganlar va shaxmat haqida she’r ham yozganlar.

Xotira turnirining ishtirokchilari qalam ahli. Taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar shaxmat donalarida o‘z iqtidorlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa rapid yo‘nalishida 7 turdan iborat bo‘lib, har bir ishtirokchiga 10 daqiqa + 2 soniya vaqt beriladi. Unda faqat O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tavsiya etgan ijodkorlar ishtirok etadi.

Do‘stona va qizg‘in kechgan baxslarning yakuniy natijalariga ko‘ra taniqli, iste’dodli yozuvchi Asror Mo‘min shaxmatdayam tengsiz ekanligini namoyish qilib, birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, taniqli qalamkashlar Tal’atbek Primov va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad keyingi o‘rinlarni band etishdi. Musobaqa barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pfNVByUgq8s" title="Aql gimnastikasi va ijod uygʻunligi!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA