French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aqidaxon jahon kubogida oltin va kumush medalga sazovor bo‘ldi
09:58 / 2024-03-02

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para pauerlifting bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ishtirokchilar nafaqat medallar uchun, balki Parijda bo‘ladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish maqsadida raqobatlashmoqda.

Jahon kubogining dastlabki kunida ayollar o‘rtasida vazni -50 kg bo‘lgan hamyurtimiz Aqidaxon Axtamova yakkalik bellashuvlarida 103 kg natija bilan kumush, umumiy natijaga ko‘ra esa 301 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 6-mart kuniga qadar davom etadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA