Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aprel oyining birinchi yakshanbasi – O‘zbekistonda geologiya sohasi xodimlari kuni
17:58 / 2019-04-05

Joriy yilning aprel oyi birinchi yakshanbasi ilk bor geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi.


Joriy yilning aprel oyi birinchi yakshanbasi ilk bor geologiya sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan bugun “Regional geologik tasvirlash ekspeditsiyasi” Davlat unitar korxonasida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

“Regional geologik tasvirlash ekspeditsiyasi” Davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasining eng yirik korxonalaridan bo‘lib, butun respublika xududida geologiya-qidiruv ishlarini olib boradi.

Korxona eng birlamchi geologik tadqiqotlarni o‘tkazadi. Geologik xaritalash, o‘rganilmagan maydonlarda dastlabki izlanishlar olib borib, foydali qazilmalarni aniqlaydi. Korxona faoliyatida butun respublika bo‘yicha turli foydali qazilmalar konlari aniqlangan:

- Toshkent viloyatida: barit rudasi bo‘yicha – Kichik Arsagan, Orabuloq, Agata, Orayliq konlari. Kvars tarkibli qumlar – Mayskiy koni.

- Namangan viloyatida: pardozbob toshi – Zarkent koni. Ushbu pardozbob tosh o‘zining strukturasi va guli bilan boshqa pardozbob toshlardan yaqqol ajralib turadi va respublika xududida yagona hisoblanadi. Kvars koni (oyna ishlab chiqarish xomashyosi) – Rizak koni.

- Jizzax viloyatida: sement xomashyosi – G‘arbiy Baliqli koni. Ushbu kon Markaziy Osiyoda oq portlandsement ishlab chiqaradi. Bazalt – Osmonsoy koni. Ushbu kon negizida bazalt tog‘ jinsidan bazalt tolasi hamda bazalt armaturasi ishlab chiqarilmoqda.

- Navoiy viloyatida: bir nechta oltin ma’danli maydonlar aniqlanib, keyingi bosqich o‘tkazadigan korxonalarga topshirildi.

- Qoraqalpog‘iston Respublikasida: Mo‘ynoq, Taxtako‘pir tumanida bir nechta maydonlarda qurilish materiallari bo‘yicha geologik-qidiruv ishlari olib borilmoqda.

geologlar-kuni (2).jpg

geologlar-kuni (3).jpg

geologlar-kuni (7).jpg

geologlar-kuni (8).jpg

geologlar-kuni (9).jpg

geologlar-kuni (10).jpg

geologlar-kuni (12).jpg