Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Apple” “ Samsung ”kompaniyasini ortda qoldirdi
11:48 / 2024-01-19

2023-yil yakuniga koʻra “Apple” birinchi marta dunyodagi eng yirik smartfon yetkazib beruvchiga aylandi. “International Data Corporation (IDC)” tadqiqot guruhi maʼlumotlariga koʻra, “Samsung” 2010-yildan to bungacha yetakchilik qilib kelgandi. Dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, oʻtgan yili “Apple” 234,5 million dona qurilma yetkazib berdi. “Samsung” esa 226,6 millionta smartfon yetkazib bergan. “IDC Worldwide Tracker” tadqiqot direktori Nabila Popalning taʼkidlashicha, kuchli uchlik orasida “Apple” har yili ijobiy oʻsishni koʻrsatadigan yagona oʻyinchi”. Bu, hozirda bozorning 20 foizdan ortigʻini egallagan “premium” qurilmalarning oʻsib borayotgan tendensiyasi bilan izohlanadi.

Kuchli beshlikka Xitoyning “Xiaomi”, “Oppo” va “Transsion” kompaniyalari ham kirdi.

Xoʻsh siz qaysi rusumdagi telefondan foydalanasiz izohlarda yozib qoldiring.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/wZcRdJXx0XQ?si=7FbdPxL6AFX0oLrc" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Toshtemirova, Nozimbek Mardonov O‘zA