Apple kompaniyasining muassislaridan biri Stiv Voznyak koinot kompaniyasini tashkil qilishi haqida e’lon qildi
U o‘zining yangi kompaniyasini Privateer Space, deb nomlagan.
"Privateer Space kompaniyasi ishga tushiriladi", - deb yozdi Voznyak Twitterda.
YouTube sahifasida e’lon qilingan videoda aytilishicha, Privateer Space Voznyak bilan amerikalik muhandislar va Ripcord robototexnikalar kompaniyasi bosh direktori Aleksom Filding hamkorligida tashkil qilingan. Voznyakning va’da berishicha, uning kompaniyasi boshqalarga o‘xshamaydi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Privateer Space rejalari haqida ma’lumotlar 14-17 sentyabrda texnologiyalar bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan konferensiyada ma’lum qilinadi.