Apple kompaniyasining choraklik daromadi 29 foizga oshdi
Amerikaning Apple kompaniyasi o‘tgan yilga nisbatan taqqoslaganda daromadi 29 foizga oshgan. Bu haqda kompaniya o‘z saytida chop etilgan bayonotlar orqali tasdiqlaydi.
Xabar berilishicha, uch oylik hisobot 25 sentyabrda yakuniga yetgan. Ushbu davr mobaynida kompaniya 83,4 milliard dollar daromad qilgan. O‘tgan chorakda esa kompaniyaning sof foydasi 20,5 milliard dollarni tashkil etgandi.
Ta’kidlash kerak, Applening asosiy mahsuloti iPhone bo‘lib qolmoqda, smartfonlardan tushgan foyda 3-choraklikda 38,8 milliard dollarga, moliyaviy yilda esa 191,9 milliard dollarga teng.
Ma’lumki, Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologiyali uskunalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi va bu dunyodagi eng yirik korporatsiyalardan biri bo‘lib qolmoqda.