“Apple” asoschilaridan biri insultga uchradi
“Apple” texnologiya giganti asoschilaridan biri Stiv Voznyak ishemik insultni boshidan kechirib, Mexikoda kasalxonaga yotqizilgan.
– Meksika poytaxtida uning biznes-forumda so‘zga chiqishi rejalashtirilgan edi, – deb yozgan “El Sol De Mexico” nashri.
Jahon tadbirkorlari forumi tashkilotchilari ma’ruza “tibbiy sababga ko‘ra” bekor qilinganini e’lon qildi.
Butun dunyoga tanilgan Amerikaning “Apple” korporatsiyasiga 1976 yil marhum Stiv Jobs (1955-2011) Stiv Voznyak va Ronald Ueyn bilan birga asos solgan. Bosh qarorgohi Kaliforniya shtatidagi Kupertinoda joylashgan ushbu kompaniya kompyuter, planshet, audio pleyer, telefon, “aqlli” soat ishlab chiqaradi, dasturiy ta’minot bilan shug‘ullanadi.