English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
APEX BANK korporativ mijozlar uchun "START 2026" yangi yil tarifini ishga tushirdi
14:00 / 2025-12-26

APEX BANK yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun “START 2026” yangi yil tarifini taqdim etdi. Mazkur tarif bayram kunlari va yangi yil boshida biznes faoliyatini qulay hamda tejamkor tarzda yuritish uchun mo‘ljallangan.

       “START 2026” tarifi doirasida bank mijozlari dastlabki uch oy davomida quyidagi xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin:

  • hisob raqamini ochish va unga xizmat ko‘rsatish — 3 (uch) oy bepul;
  • debet aylanmalari bo‘yicha komissiya — 3 (uch) oy davomida bepul;
  • «Bank-mijoz» tizimiga (MBX) ulanish — bepul;
  • Apex Business mobil ilovasiga ulanish — bepul;
  • korporativ kartalarni chiqarish — 3 (uch) oy davomida 1 (bitta) karta bepul.

Tarif amal qilish muddati yakunlangach, mijozlar avtomatik ravishda STANDART tarifiga yoki o‘z xohishiga ko‘ra bankning boshqa amaldagi tariflaridan biriga o‘tkaziladi.

       Shuningdek, tarif chet el valyutasi operatsiyalari, kassa xizmatlari hamda boshqa bank xizmatlari bo‘yicha ham qulay shartlarni o‘z ichiga oladi. Barcha operatsiyalar tezkor va xavfsiz tarzda amalga oshiriladi, komissiya to‘lovlari esa shaffof bo‘lib, mijozlarga oldindan ma’lum qilinadi.

* Aksiya amal qilish muddati (yangi yil tarifiga ulanish davri): 2025 yil 22 dekabrdan 2026 yil 14 yanvargacha.Telefon: 1881

Sayt: apexbank.uz

Instagram: @apexbank.uz

Linkedin: APEX BANK

O‘zA