Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Apellyatsiya instansiyasida 7 ta ish bo‘yicha sud qarorlari bekor qilindi
14:52 / 2025-11-03

Bu haqda Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan joriy yilning 9 oyida odil sudlovni amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Samarqand viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Tolib Boyzoqovning qayd etishicha, viloyat sudining apellyatsiya instansiyasida hisobot davrida jami 412 nafar shaxsga nisbatan 319 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 308 nafar shaxsga nisbatan 232 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan, 78 nafar shaxsga nisbatan 58 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 13 nafar shaxsga nisbatan 7 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan.  

Shu davrda kassatsiya instansiyasida jami 425 nafar shaxsga nisbatan 384 ta ish ko‘rib tamomlangan va  77 nafar shaxsga nisbatan 69 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 15 nafar shaxsga nisbatan 9 ta ish bo‘yicha sud qarorlari bekor qilingan.  

Shuningdek, taftish instansiyasida 345 nafar shaxsga nisbatan 318 ta ish ko‘rib tamomlangan bo‘lib, 298 nafar shaxsga nisbatan  

272 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. 30 nafar shaxsga nisbatan 29 ta ish bo‘yicha sud qarorlari o‘zgartirilgan, 3 nafar shaxsga nisbatan 3 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan.  

Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati taqdimnomalari asosida qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, o‘ziga tegishli xulosa chiqargan, jazoni o‘tash davrida tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tib, tartib-intizomga rioya qilgan 2755 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi. 852 nafar shaxsning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.    

Jazoni ijro etish manzil koloniyalaridagi 889 nafar shaxs tayinlangan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli yoki jazo yengilrog‘iga almashtirilib, qamoqdan ozod qilindi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan ko‘rsatilgan insonparvarlikni to‘g‘ri tushunmay, belgilangan tartiblarni buzganligi uchun 455 nafar shaxsga nisbatan tayinlangan jazolar og‘irrog‘iga almashtirildi. Jazoni ijro etish manzil koloniyasining ichki tartib-qoidalarini buzgan 31 nafar mahkumning jazosi og‘irrog‘iga almashtirilib, yopiq turdagi jazoni ijro etish muassasalariga yuborildi.  

Hisobot davrida viloyat sudlariga 1943 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqida iltimosnomalar kelib tushgan bo‘lib, 1910 tasi qanoatlantirildi. 101 nafar shaxcga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomalarning 1 tasi rad qilindi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha 9 oyda sudlarga 52316 nafar shaxsga nisbatan 43539 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar birinchi instansiyaga kelib tushgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,7 foiz ko‘paygan.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri