Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Aparna Piramal Raje: O‘zbekiston bo‘ylab sayohatim taassurotlarga boy bo‘ldi
20:04 / 2023-12-27

–Men, singlim Radxika Piramal, oilaviy shifokor Megxa Mavandiya va boshqa hamrohlar bilan Hindistondan Toshkentga uchib kelib, ertasi kuni birinchi asosiy bekatimizga, ya’ni, qal’a ichidagi shahar – Hivaga yo‘l oldik, - deydi Mumbay kitob klubi a’zosi Aparna Piramal Raje. – Bilasizmi, sayohatning ko‘plab usullari mavjud: diqqatga sazovor joylarni ko‘rish, xarid qilish, taomlanish, mahalliy haydovchilar bilan suhbatlashish, suratga olish.

Albatta, biz bularning barchasini qildik. Lekin O‘zbekistonga qilgan safarimizdagi farq shunda bo‘ldiki, biz kitob klubi a’zolari sifatida sayohat qildik, mamlakat haqidagi ma’lumotlarni o‘qib o‘rgandik. Qadimiy obidalar, ko‘hna tarixga ega boy meros ifodalangan diqqatga sazovor maskanlarning barchasini ziyorat qilishga intildik. Taassurotlarimiz shu qadar hayajonliki, hali qadamlarimiz yetib bormagan manzillar bisyor ekan.

Qayerga bormaylik, bizni hindistonlik sayohatchilar sifatida iliq kutib olishdi. Samarqandda Registon maydonidagi Sherdor, Tillakori madrasalari, Xoja Ahror Valiy qabri oldida Nodir devonbegi madrasasi, Bibixonim jome’ masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi ko‘plab mashhur me’moriy obidalar bizni tarix bilan yuzlashtirdi. Ayniqsa, ushbu shaharda hind tilini yaxshi biladigan o‘zbekistonlik tadbirkor bilan suhbatlashib, hayratlandik.

Markaziy Osiyoning qadimiy shaharlaridan, Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoro umumjahon tamadduni rivojlanishining eng muhim bosqichlari bilan chambarchas bog‘liqligi bejiz emas ekan. O‘zining ming yillar davomida shakllangan boy va noyob tarixi bilan madaniy-ma’rifiy va ma’naviy-diniy qadriyatlarning rivojlanishiga ulkan hissasini qo‘shib kelgani bilan butun dunyoda shuhrat qozongan shaharga kelib, ertakka tushib qolgandek his qildik o‘zimizni. Bu yerdagi turistik salohiyat, sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, xorijiy OAV vakillari va turoperatorlar uchun taqdim etilayotgan ma’lumotlar tahsinga loyiq.

Muharrama Pirmatova, O‘zA