English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AOKAda O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
18:23 / 2022-08-31

AOKAda Agentlik direktori va o‘rinbosarlari, xodimlar, tizim tashkilotlar vakillari, shuningdek, hududiy boshqarmalar rahbarlari ishtirokida oflayn hamda onlayn formatda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori A.Xodjayev tadbir ishtirokchilarini eng ulug‘ va eng aziz bayram – mustaqillik ayyomi bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirdi.

– O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillarda istiqlol poydevorini qurish, aholiga og‘irlik solmasdan bu yo‘lda jadal olg‘a qadam tashlash harakatlari olib borilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda tamal toshi qo‘yilgan, mustahkam mustaqilligimiz asosida xalqning, yurtning farovonligini ta’minlash, inson manfaatlarini oliy darajaga ko‘tarish bosh mezonimiz bo‘lmoqda, – dedi A.Xodjayev. – Bugun O‘zbekistonga, uning taraqqiyot strategiyalariga, iqtisodiy-ijtimoiy, umuman, har jabhada olib borilayotgan siyosatiga jahon hamjamiyati, dunyo mamlakatlari katta qiziqish bildirishmoqda. Yurtimizga investorlar, turistlar oqimi tobora oshib bormoqda. Bularga davlatimiz rahbarining qat’iy siyosiy pozitsiyalari, shuningdek, barcha o‘zbekistonliklarning hamjihatlikda, birdamlikda olib borilayotgan sa’y-harakatlari tufayli erishilmoqda.

Shuningdek, tadbirda so‘z erkinligi borasida erishilgan yutuqlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

M.Qosimova, O‘zA