Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
AOKA da Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19:52 / 2023-08-11

Bugun Agentlikda rahbariyat va mutasaddi xodimlar hamda XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xitoy va O‘zbekistonning ko‘p qirrali, shu jumladan, axborot kommunikatsiyasi va texnologiyalari, ikki davlat adabiyotlari tarjimasini rivojlantirishdagi keng ko‘lamli hamkorlik munosabatlari, ushbu hamkorlikning ko‘plab soha  mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba va bilim almashlash maydoni sifatidagi ahamiyati va birgalikdagi sa’y-harakatlarning boshqa jihatlari haqida suhbatlashildi.  

Suhbat davomida elchi janoblari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligi, axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishning institutsional-huquqiy asoslarini shakllantirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.  

O‘z o‘rnida, Agentlik direktori A.Xodjayev Xitoy Xalq Respublikasida axborot siyosati mukammalik asosida davlatning barcha jabhasida aks etishini, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro va yirik tashkilotlar ishtirokidagi tadbirlarni yoritishda Xitoy ommaviy axborot vositalarining roli alohida ahamiyat kasb etganini, o‘zbek va xitoy hamkorligidan ikki davlat ham o‘zaro manfaatdorligini ta’kidladi.  

Shuningdek, joriy yil iyun oyidan buyon yo‘lga qo‘yilgan  AOKA xodimlari va mas’ullari, hamda jurnalistika sohasi vakillarining Xitoy davlatida qator malaka oshirish kurslarida ishtiroki ham qayd etilib, bu kabi tajriba almashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash va doimiy davom ettirish muhimligi aytib o‘tildi.  

Muloqot samarali, natijador, konstruktiv ruhda o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.  

N.Usmonova, O‘zA