“Anvar va Ra’no” spektakli qoraqalpoq tilida sahnalashtirildi
FOTOREPORTAJ
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik va musiqali teatrida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani asosida sahnalashtirilgan “Anvar va Ra’no” spektakli tomoshabinlar e’tiboriga namoyish etildi.
Qoraqalpog‘iston xalq artisti Safargul Davletova tomonidan qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan asar rejissyor Muxtor Reymov tomonidan sahnalashtirilgan.
Spektaklda bosh qahramonlar – “Anvar” obrazini aktyor Ruslan Qayipnazarov, “Ra’no” obrazini aktrisa Gulsanam Abatbayeva yuksak mahorat bilan ijro etgan.
[gallery-16068]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA