Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anvar Anvarov Vengriyada shohsupaga ko‘tarildi
11:53 / 2025-08-13

Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha “Gyulai István Memorial – Hungarian Athletics Grand Prix” turniri bo‘lib o‘tdi. Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimidan o‘rin olgan ushbu “oltin” darajadagi musobaqada hamyurtimiz Anvar Anvarov munosib ishtirok etdi.

Uzunlikka sakrash bahsida qatnashgan Anvar Anvarov 8,05 metr natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu yutuq sportchimizga Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun muhim reyting ochkolarini ham taqdim etdi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA