Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anvar Anvarov Turkiyada tengsiz bo‘ldi
08:55 / 2026-02-18

Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan «Ataköy Athletics Arena» majmuasida yengil atletika bo‘yicha kattalar hamda 20 yoshgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasi xalqaro turnir o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada atletlar yengil atletikaning uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, balandlikka sakrash va langarcho‘p bilan sakrash yo‘nalishlarida o‘zaro raqobatlashdi. Quvonarlisi, mazkur musobaqada mamlakatimizning ikki nafar sportchisi munosib ishtirok etib, yakunda shohsupaga ko‘tarildi.

Gap shundaki, kattalar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Anvar Anvarov 7,71 metr natija bilan barcha raqiblaridan o‘zib ketdi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, uch hatlab sakrash dasturida Ibrohim Mahkamov 16,19 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA