Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antoniu Guterrish: yangi qurollanish poygasi allaqachon boshlangan
13:15 / 2022-08-07

Dunyoda yangi qurollanish poygasi, allaqachon, avj olgan, qurolsizlanish bo‘yicha shartnomalar tahdid ostida qolmoqda.

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bayonot berdi.

“Biz yangi qurollanish poygasining guvohi bo‘lib qolmoqdamiz. O‘tgan asrda tuzilgan qurolsizlanish bo‘yicha shartnomalar tahdid ostida”, dedi Guterrish 77 yil avval atom bombasiga uchragan Xirosimaga tashrifi chog‘ida.

Bosh kotib yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlarning Nyu-Yorkda, BMT qarorgohida o‘tayotgan konferensiyasida ijobiy natijaga erishilishiga umid bildirdi. “Men to‘g‘ri yo‘nalishdagi harakatni ko‘ryapman”, dedi u. 

Eslatib o‘tamiz, 1945 yil 6 va 9 avgustda Xirosima va Nagasakiga AQSH tomonidan atom bombasi yog‘dirilgan.