Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antoniu Guterrish: Ukraina atrofidagi keskinlikni diplomatik doirada hal etish kerak
09:15 / 2022-02-19

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning fikricha, Ukraina atrofidagi keskinlik harbiy mojaroga olib kelmaydi, — deb yozadi “TASS”.

— Men Yevropada keskinlik kuchayishi va harbiy mojaro haqidagi noxolis axborot kuchayib borayotganidan chuqur xavotirdaman, — deydi Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq so‘zlagan Antoniu Guterrish. Bu vaziyatda diplomatiyadan boshqa muqobil yo‘l yo‘q. Barcha masalalar, jumladan, eng murakkablari ham diplomatik doirada hal etilishi kerak. Endi keskinlikni yumshatish vaqti keldi.

So‘nggi paytda G‘arb mamlakatlarida, shuningdek, Kiyevda Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar paydo bo‘lgan. 

Shu o‘rinda, Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni asossiz ayblov deb atadi.