Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antoniu Guterrish: Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish muhim
10:14 / 2022-09-20

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Nyu-Yorkda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashuvda Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishni muhim deb atadi, deb xabar bermoqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

“19 sentyabr kuni Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligidagi ishtiroki doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. 

Vazir Armanistonning keng ko‘lamli provokatsiyalari, mamlakatimizning tinchlik o‘rnatish borasidagi tashabbuslari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Guterrish Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi keskinlikni normallashtirish va pasaytirish jarayoni muhimligini qayd etdi”, — deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida. 

Uchrashuv chog‘ida Ozarbayjon va BMT o‘rtasidagi hamkorlik, kelgusidagi faoliyat va mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik. 

Ma’lumot o‘rnida, 13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston – Ozarbayjon chegarasida harbiy harakatlar boshlangan. Tomonlar bir-birini vaziyatni keskinlashtirishda ayblamoqda. Yerevanning ma’lum qilishicha, Ozarbayjon harbiylari artilleriya va uchuvchisiz samolyotlar yordamida Armaniston hududini o‘qqa tutgan. Chegaradagi hududlar – Gegarkunik, Vayotsdzorsk, Syuniks (Armanistonni Eron bilan bog‘laydi) viloyatlari o‘qqa tutildi. Bu hududlarning Qorabog‘ga hech qanday aloqasi yo‘q. 

Boku arman harbiylari Ozarbayjon qo‘shinlarining chegaradagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani, to‘qnashuv bo‘lganini ma’lum qildi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Armanistonni tinchlik jarayonini buzish niyatida aybladi. Har ikki tomon o‘z harbiylari orasida qurbonlar borligini ma’lum qildi. 

13 sentyabr kuni ertalab tomonlar o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldilar. Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasinning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, Armaniston va Ozarbayjon chegarasida sulhga Rossiyaning sa’y-harakatlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pashinyan o‘rtasidagi suhbatdan keyin erishilgan.