Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antoniu Guterrish: 2024 yil ishonch va umidlarni qaytarish yili bo‘lsin
12:00 / 2023-12-29

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish o‘zining yangi yil arafasida qilgan videomurojaatida “2023 yil ulkan azob-uqubatlar, zo‘ravonlik va iqlim tartibsizliklari davri bo‘lganini qayd etib, insoniyat azob chekayotgani, sayyoramiz xavf ostida ekanini” ta’kidladi.

- Urushlar borgan sari ko‘p va shafqatsiz bo‘lib bormoqda. Shu bilan birga, ishonch yo‘qolmoqda. O‘zaro ayblovlar va qurol bilan tahdidlar yaxshilikka olib kelmaydi. 2024 yil ishonch va umidlarni qaytarish yili bo‘lsin. Qarama-qarshiliklarga barham berib, muammolarga umumiy yechim topish uchun birlashishimiz kerak”, dedi bosh kotib. 

Bosh kotibning eslatishicha, 2023 yil meteokuzatuv tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi. Bundan tashqari, insoniyat qashshoqlik va ocharchilik bosimi ostida qolmoqda. 

“Biz mamlakatlar va jamiyatlar o‘rtasidagi munosabatlarni zaharlayotgan kamsitishlar va nafratga birgalikda qarshi turishimiz kerak. Biz sun’iy intellekt kabi yangi texnologiyalar insonlar farovonligi uchun xizmat qilishini kafolatlashimiz kerak”, - deya qo‘shimcha qildi Guterrish.