BMT Bosh kotibi yangi yil munosabati bilan qilgan murojaatida Yangi yilning kirib kelishi har safar qayta tug‘ilish lahzasi ekanini, “eski yilning kulini supurib tashlash” va “yangi yorqin kun”ga tayyorgarlik ko‘rish vaqti kelganini ta’kidladi.
Kelayotgan 2023 yil juda og‘ir yil bo‘ldi, dedi BMT rahbari.
“Ukraina, Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi va boshqa joylarda vaziyat yomonligicha qolmoqda. Dunyo bo‘ylab urushlar, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, qashshoqlik va ochlikdan qochib, yuz millionga yaqin odam o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi. 2023 yilda biz har qachongidan ham ko‘proq zarur bo‘lgan tinchlikka erishishimiz kerak”, dedi BMT rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bugun biz bir-birimiz bilan muloqot orqali sulh tuzishimiz kerak, bu esa nizolarga chek qo‘yadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, shuningdek, yanada barqaror kelajak uchun tabiat bilan tinchlikni ta’kidladi. U ayollar va qizlar munosib, xavfsiz yashashi mumkin bo‘lgan xonadonlarda tinchlik bo‘lishi zarurligini eslatdi.
Antoniu Guterrish barcha inson huquqlarini to‘liq hurmat qilgan holda dindorlar hurmatni qadrlaydigan joylarda tinchlik va boshqa odamlarning e’tiqodlarini o‘zaro e’zozlashga, shuningdek, internetda nafrat so‘zlari va haqoratlardan foydalanmaslikka chaqirdi.
“2023 yilda insoniyat tinchlikka erishishni so‘zlari va harakatlarining asosiy ma’nosiga aylantirishi kerak”, deydi Antoniu Guterrish.
“2023 yilni hayotimiz, uylarimiz va sayyoramizda tinchlik o‘rnatish yiliga aylantirish uchun birgalikda harakat qilaylik”, – deya xulosa qildi BMT Bosh kotibi.
O‘zA