“Antikontrafakt-2022” xalqaro forumida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Antikontrafakt-2022” Xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining taklifiga asosan forumda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tadbir doirasida intellektual mulk huquqining buzilishi bilan kurashish, raqamli kelajak, ichki bozorlarni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish va yagona markirovka tizimini yaratish kabi mavzularda sessiyalar o‘tkazildi. O‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, kontrafaktga qarshi kurashish choralari, farmatsevtika mahsulotlari noqonuniy aylanishining oldini olish, qurilish materiallari va buyumlari aylanishini texnik jihatdan tartibga solish va davlatlararo standartlashtirishning ahamiyati kabi masalalar bo‘yicha “Atikontrafakt-M” yoshlar forumini o‘tkazish ham belgilangan.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA