Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antigua va Barbuda Britaniya millatlar hamdo‘stligi tarkibidan chiqmoqchi
15:35 / 2022-09-12

Antigua va Barbuda davlati bosh vaziri Gaston Braunning ITV telekanaliga intervyu berishicha, yaqin uch yilda mamlakatning Britaniya monarxiyasi hukmdorligi ostidan chiqishi haqida referendum o‘tkaziladi.

"Ushbu masalani referendum doirasida ko‘rib chiqish lozim. Bu Antigua va Barbuda bilan monarxiya o‘rtasidagi kelishmovchilik, degani emas. Bu mustaqillikka bo‘lgan harakatlarni yakunlash, haqiqatan ham suveren mamlakat bo‘lish uchun so‘nggi qadam bo‘ladi", — deya ta’kidlagan u.

Antigua va Barbuda Britaniya millatlar hamdo‘stligi tarkibiga  kiruvchi orol davlat hisoblanadi. Hamdo‘stlik birlashmasi ixtiyoriy bo‘lib, unga Buyuk Britaniyadan tashqari, qariyb barcha sobiq mustamlaka, dominion va protektorat mamlakatlar kiradi. Qirolicha Yelizavetы II vafotidan keyin, uning o‘g‘li va merosxo‘ri qirol Karl  III Hamdo‘stlik rahbariga aylandi.