Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antarktida muzlari ostida tirik organizmlar borligi aniqlandi  
19:19 / 2022-06-07

Vellington, Oklend hamda Otago universitetlari, shuningdek, Suv va atmosfera tadqiqotlari instituti olimlari jamoasi Antarktida 500 metr chuqurlikdagi muz ostida tirik ekotizim borligini aniqladi. Bu haqda The Guardian kundalik gazetasi xabar berdi.

Tadqiqot ishlari doirasida olimlar tomonidan 500 metrlik muz qoplami burg‘ulandi. Ma’lum vaqtdan so‘ng, ular uzunligi besh millimetr bo‘lgan unchalik katta bo‘lmagan bo‘g‘imoyoqli jonzotlar to‘dasiga duch keladi. Yanada chuqurroq o‘rganilganda, ular kichik hayvonlar, ya’ni amfipodalar ekanligi aniqlandi. Omarlar, dengiz qisqichbaqasi va kleshlar ham shular jumlasidan.

Roman BONDARCHUK, O‘zA