Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antaliyada dzyudochilarimizni yangi marralar kutmoqda
09:55 / 2021-04-01

Turkiyaning Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi.

Musobaqada dunyoning 93 davlatidan 442 nafar polvon medallar bilan birga Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolari uchun bellashadi.

Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini Kemran Nurillayev, Muhriddin Tilovov, Shermuhammad Jandreyev, Muhammadkarim Hurramov, Alisher Yusupov, Diyora Keldiyorova hamda  Gulnoza Matniyazova  kabi dzyudochilar himoya qiladi.

Turnirning ilk kunida 52 kilogrammgacha vazn toifasida Diyora Keldiyorova o‘z omadini sinab ko‘radi. U  Tinka Iston (Avstraliya) va Imen Ben Younes (Tunis) bahsi g‘olibiga qarshi kuch sinashadi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida esa Kemran Nurillayev ekvadorlik Lenin Presiadoni sinovdan o‘tkazsa, 66 kilogrammgacha vaznda Muhriddin Tilovov rossiyalik Beslan Mudranov bilan kuch sinashadi.

 

Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA