Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Antaliya shaharga tashrif buyurgan 15 milliondan ortiq sayyoh bilan barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
17:13 / 2020-01-21

Gubernator Munir Karalo‘g‘lu ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida, Antaliya turizmi 2019 yilida sezilarli darajada o‘sishga erishganligini qayd etdi.


2019 yil yakuniga ko‘ra, Antaliyaga havo, dengiz va quruqlik orqali kelgan sayyohlar soni 15 million 644 ming 108 taga yetdi. Mamlakat sayyohlik tizimi bu ko‘rsatgich bilan barcha zamonlarning rekord darajasini qayd etdi.

Gubernator Munir Karalo‘g‘lu ijtimoiy tarmoqlarda bergan bayonotida, Antaliya turizmi 2019 yilida sezilarli darajada o‘sishga erishganligini qayd etdi.

“ 2019 yilida shaharga 15 million 644 ming 108 sayyoh keldi. Antaliyada turizm 2020 yilda ham o‘sishda davom etadi“ deb ta’kidladi gubernator.

Joriy davrga qadar shaharga kelgan eng ko‘p sayyohlar soni 13 million 642 ming ko‘rsatgich bilan 2018 yilda qayd etilgan edi.