Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anqarada Turkiya-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi
20:19 / 2023-12-27

Turkiyaning Anqara shahrida Turkiya - O‘zbekiston biznes forumi doirasida 8 ta muhim memorandum imzolandi, - deb xabar bermoqda TRT Haber agentligi. Ushbu biznes forumda nutq so‘zlagan Turkiya vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz ikki qardosh davlatning ishbilarmon dunyosini birlashtirgan ushbu anjumanning muhimligi haqida ta’kidladi.

-Turkiya mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qiluvchilar orasida O‘zbekiston uchinchi o‘rinda, import bo‘yicha esa beshinchi o‘rinda turadi. Umid qilamizki, ko‘rsatkichlarni yanada yuqori darajaga olib chiqamiz.

Shuningdek, u o‘z nutqida 2022 yilda O‘zbekiston bilan o‘zaro savdo hajmi 3,5 milliard Aqsh dollariga yetganini, Turkiyaning O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi 1,5 milliard Aqsh dollarini tashkil etishini, O‘zbekistonning turli hududlarida 1700 dan ortiq turk shirkati faoliyat yuritayotganini qayd etdi. 

Turk pudratchilari, ayniqsa Tashkent City, Pyramit Tower va Akay City kabi  6,9 milliard Aqsh dollarlik 262 loyihani amalga oshirganligini ifoda etgan Yilmaz, kelgusi davrda bu qiymatning ortishiga ishonchini bildirdi. 

Forum doirasida ikki qardosh davlat ishbilarmonlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikka oid 8 ta anglashuv memorandumi imzolandi.