Anqara yadroviy qurollanish imkoniyatini istisno etmadi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan mintaqada yadroviy qurollarga ega bo‘lgan davlatlar soni oshsa, Anqara ham yadroviy qurollanish poygasiga qo‘shilishga majbur bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, bu masalani keng strategik sharoit doirasida baholash lozim. Vazirning qo‘shimcha qilishicha, agar ayrim davlatlar, jumladan, Eron bilan muammoli munosabatlarga ega bo‘lgan mamlakatlar yadroviy qurolga ega bo‘lishga intila boshlasa, bu butun mintaqada xavfli tendensiyani yuzaga keltiradi.
Shu sababli, Fidan Turkiya yadroviy qurollanish “poyga”siga qo‘shilish ehtimolini istisno etmadi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA