Anqara va Damashq birgalikda Suriya shimolini terrorchilardan tozalamoqchi
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar Suriyaning shimoliy hududlarini terrorchilardan tozalash uchun rasmiy Damashq bilan hamkorlikda harakatlar olib borishni istisno etmaydi. Bu haqda u “Hurriyet” gazetasida Moskvada suriyalik hamkasbi Ali Mahmud Abbos bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ma’lum qildi.
Turkiya va Suriya mudofaa vazirliklari rahbarlarining 11 yil ichida ilk uchrashuvi uch tomonlama formatda bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya tomonidan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ishtirok etdi.
“Bu muzokaralar natijasida mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni yengib o‘ta olamiz, deyishim mumkin”, dedi u.
Shu bilan birga Turkiya “o‘z hududlari, manfaatlarini himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha sa’y-harakatlarni davom etirishini” ta’kidladi.
O‘zA