Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anqara Turkiya bosfor bug‘ozini yopgani bilan Rossiya floti undan o‘tish huquqiga egaligini eslatdi
12:09 / 2022-02-25

Turkiya Bosfor va Dardanel bug‘ozini harbiy kemalar uchun yopishi mumkin, lekin ushbu vaziyatda ham RF flotini bazalariga qaytarishda ushbu hududdan o‘tishga haqli. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ta’kidlab o‘tdi.

"Ukraina bizga rasman so‘rov jo‘natdi (Rossiya harbiy kemalari uchun bug‘ozni yopish bo‘yicha). Montryo Konvensiya bandlarida aniq-tiniq qilib yozib qo‘yilgan. Shu kungacha Turkiya Montryo Konvensiyasiga ikkilanmay amal qilib kelmoqda. Turkiya urushda ishtirok etmayotgan, lekin unda qatnashayotgan tomonlarga nisbatan chora ko‘rishi va Turkiya harbiy kemalarning o‘tishini cheklashi mumkin. Biroq Montryo Konvensiyasi urushda ishtirok etgan tomonlarning harbiy kemalari o‘z bazalariga qaytishi mumkinligini ham nazarda tutadi va shunday ekan, ularga ruxsat berilishi kerak", – deya keltiradi vazirning gaplarini Hürriyet gazetasi.