Anqara Rossiyaga qarshi sanksiya joriy etmaydi – Turkiya prezidenti
Turkiya Anqaraning Rossiya bilan muloqot uchun ochiq bo‘lishi bo‘yicha g‘arbdagi ittifoqchilarning roziligini oldi, dedi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin.
“AQSH NATOdagi boshqa ittifoqchilari bilan birgalikda Rossiyaga qarshi qator jiddiy sanksiyalarni e’lon qildi. Biz bu borada pozitsiyamizni bildirganmiz. Anqara Rossiyaga qarshi sanksiya joriy qilmaydi. Bizning Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham alohida ahamiyatli munosabatimiz mavjud. Ikkisi ham dengiz orqali qo‘shni davlat hisoblanadi. NATO bo‘yicha hamkorlarimiz va boshqa qo‘shnilar hamda Ittifoq davlatlari bilan hamkorlikni davom ettiramiz”, dedi rasmiy vakil.
Turkiya yetakchisining so‘zlari “TRT Haber” kanali ma’lumotida iqtibos qilingan.
Nozima Toshpo‘latova