Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Anqara G‘arbdan F-35 qiruvchi samolyotlari va Patriot majmualarini talab qilmoqda
11:30 / 2022-03-25

G‘arb Turkiyaga oldindan hech qanday shartlarsiz F-35 jangovar samolyotlari va Patriot havo mudofaasi majmualarini yetkazib berishi kerak, deb bayonot berdi Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘yicha boshqarmasi rahbari Faxriddin Altun.

"Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish Turkiyaning strategik maqsadi hisoblanadi, NATO bilan ittifoqchilik esa faxrdir. Turkiya G‘arb tomonidan yordamga umid qilishga haqli. Munosabatlarni qayta tiklash uchun o‘zaro  ishonchni mustahkamlashga qaratilgan qadamlarni tashlashni talab qiladi. Hozirda G‘arbning Turkiya uchun qiladigan ishi, bu F-35 jangovar samolyotlari va Patriot majmualarini oldindan hech qanday shartlarsiz yetkazib berishdir", – deya ta’kidladi Altun Wall Street Journal uchun bergan maqolasida.