Mamlakatimizda avtomobillar sonining ortib borayotgani yo‘llarda tirbandliklarni keltirib chiqarmoqda.
Yo‘l transport hodisalarining soni ham ortib bormoqda. Bunga sabab bo‘layotgan omillar esa juda ko‘p:
– Shoshqaloq va tajribasiz haydovchilar yo‘llarda risoladagidek harakatlana olmayapti, bir-birini hurmat qilmaydi;
– yo‘llardagi o‘ydim-chuqurliklar bilan bog‘liq muammolar ayrim joylarda to‘liq bartaraf etilmayapti;
– yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga bo‘lgan ehtiyojlar bor;
– tirbandliklar natijasida insonlar vaqtining qanchadir qismi yo‘llarda o‘tmoqda;
– yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bir muncha qiyinlashib bormoqda.
Bu muammo, ayniqsa, dam olish kunlarida bozorga otlanganingizda, maktab va OTMlarida o‘qish davrida yaqqol sezilmoqda, shunday emasmi?
Xo‘sh, yuqoridagi muammolarning yechimi qayerda?
“Muammo va yechim” loyihasi orqali ertaga 2 iyun kuni O‘zA sayti va ijtimoiy tarmoqdagi kanallari orqali tomosha qilamiz!
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/q5QdW6tnL20" title="ANONS: YO‘LLARDAGI TIRBANDLIKLARGA KIM AYBDOR? — “MUAMMO VA YeCHIM”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>