“Diplomatik rakurs” loyihasining navbatdagi soni. Mehmon – Turkiya elchisi
Turkiya va O‘zbekistonni ko‘p asos – o‘xshash til, uyqash an’ana va tutumlar, yagona din, azaliy do‘stlik va uyg‘un madaniy aloqalar bog‘lab turadi. Ikki xalq tamadduni geosiyosiy joylashuv va tarixiy taraqqiyotdan tortib, hozirgi rivojlanish bosqichida kechayotgan islohotlarning o‘ziga xosligigacha bo‘lgan talay umumiy jihatlarga ega.
O‘zbekiston Turkiyada ajdodlar zamini hisoblanadi va “ota yurt”, deya qadrlanadi. “Diplomatik rakurs” loyihasining navbatdagi soni ushbu ikki yurt aloqalari mavzusiga bag‘ishlanadi. Bu galgi mehmon – Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar.
Elchi janoblari bilan suhbatimiz ko‘p yillardan buyon bir-birini qardosh hisoblaydigan ikki do‘st mamlakat – O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi, ayni jarayonda amalga oshirilayotgan muhim ishlar, loyihalar xususida kechadi.
Bizni kuzatib boring, tez fursatlarda suhbatni batafsil tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/98rlk3Hnz2I" title="10 fevralya 2024 g." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
B.Xudoyberdiyev, Yo.Meliboyev, A.Alijonov (video), O‘zA