English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ANONS: “Tilga kirgan tarix” haqiqatlari...(video)
15:58 / 2023-11-03

Ajdodlarimizning taraqqiyot uchun tarixda amalga oshirgan ishlari bilan naqadar ko‘p faxrlansakda, ularning amallari mohiyatidan qoniqarli darajada xabardormiz, deb ayta olmaymiz.

Chunki o‘tmish g‘oyalari hamisha ham xalqimiz tarixini real aks ettirishga imkon bermagan.  

Shu o‘rinda savol tug‘iladi:  

– Biz tarix-tarix, deymizu, tariximizning asosi qayerda?  

– Bugungi tarixiy tafakkurimiz bo‘yicha qilayotgan ishlarimiz qoniqarlimi?  

– Biror joyda Turon sivilizatsiyasi haqida eshitganmizmi?  

Aksariyatimiz bu savolga yo‘q deb javob beramiz. Demak, bundan ma’lum bo‘ladiki, ilm-fanda ham raqobat bor. Tarix tilga kirganda esa o‘z haqiqatlarini yashirmaydi.  

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo bilan g‘oyaviy maqsadlar yo‘lida amalga oshirilgan moziy ishlari, tarixiy haqiqatlar va o‘zbek davlatchiligining ilk bosqichlari xususida suhbatlashamiz.  

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/817GWJmVW1M" title="“Tilga kirgan tarix” haqiqatlari..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Bizni kuzatib boring! Tez orada “Tilga kirgan tarix”ga guvoh bo‘lasiz!