Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ANONS: Rossiya Tashqi ishlar vazirligida qariyb yarim asr faoliyat ko‘rsatgan yagona vatandosh bilan suhbat
10:30 / 2021-01-27

O‘zA “Gurung”ining navbatdagi mehmoni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining alohida topshiriqlar bo‘yicha sobiq elchisi, diplomat Anvar Azimov.

O‘tgan asrning 60-70-yillarida bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning uchta vakili sobiq Ittifoqning Yaqin Sharq davlatlarida favqulodda va muxtor elchi bo‘lib ishlagan. Suriyada Nuriddin Muhitdinov, Iordaniyada Rafiq Nishonov va Livanda Sarvar Olimjonovich Azimov.

Taniqli davlat va jamoat arbobi, adib Sarvar Azimovning o‘g‘li Anvar Azimovga Rossiya ensiklopediyalarida shunday tarif beriladi: “... kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya diplomati”, “Uchta davlatda avval Sobiq Ittifoq, so‘ngra Rossiya Federatsiyasining elchisi bo‘lib ishlagan o‘zbek millatiga mansub yagona elchi”.

Diplomat vatandoshimiz shuningdek, Venadagi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik kengashi – YeHHTda, Sarayevodagi Oliy vakillar apparatida doimiy vakil bo‘lib xizmat qilgan.

Saytimizda tez kunda beriladigan lavha hamda suhbatda diplomat Anvar Azimovning hayoti va faoliyati haqida gap boradi.

Saytimizni kuzatib boring.